Sud Trampning USAID xodimlarini chaqirib olish rejasini blokladi

Dunyo

Vashingtondagi sud Donald Trampning Xalqaro taraqqiyot agentligi xodimlarini chaqirib olish va ularni maʼmuriy taʼtilga chiqarish toʻgʻrisidagi qarorini vaqtincha blokladi.

Vashingtondagi sud Donald Trampning Xalqaro taraqqiyot agentligi xodimlarini chaqirib olish va ularni maʼmuriy taʼtilga chiqarish toʻgʻrisidagi qarorini vaqtincha blokladi.

Qaror 14-fevralgacha amal qiladi, 12-fevralda esa ish boʻyicha eshituv boʻlib oʻtadi. Bundan tashqari, sud tashkilotning 500 nafar xodimini lavozimlariga tiklashga qaror qildi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Tramp USAID dasturlarining mamlakat tashqi siyosatiga muvofiqligini tekshirish uchun ularni uch oyga muzlatish toʻgʻrisidagi farmonni imzolagan edi. 1-fevraldan tashkilotning veb-sayti, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari ishlamay qoldi. Ikki kundan keyin USAIDning Vashingtondagi shtab-kvartirasi ham yopildi.

Agentlikning mingdan ortiq xodimi ishdan boʻshatilgan yoki sababsiz taʼtilga chiqarilgan. Ushbu voqealar fonida Amerika kasaba uyushmalari Tramp maʼmuriyati ustidan yangilik ustidan shikoyat qilish uchun sudga murojaat qildi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.