
“Toshshahartransxizmat” sobiq rahbari va yana 20 nafar sudlanuvchiga hukm oʻqildi
Anvar Joʻrayev 7,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi, shuningdek, 3 yilga rahbarlik lavozimlarida ishlash taqiqlandi.
Anvar Joʻrayev 7,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi, shuningdek, 3 yilga rahbarlik lavozimlarida ishlash taqiqlandi.
O‘zbekistonda yopiq sud jarayonlari ma’lumotlarini oshkor qilganlik uchun jazo joriy etish taklif qilindi. Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
2024-yilda jinoyat ishlari boʻyicha sudlar tomonidan 77 995 nafar shaxsga nisbatan 61 841 ta ish koʻrib chiqilgan. Koʻpincha firibgarlik, yoʻl harakati va transport vositalaridan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, oʻgʻrilik bilan bogʻliq ishlar koʻrib chiqilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda surxondaryolik qiz toshkentliklarni uyatli soʻzlar bilan haqorat qilgani aks etgan video tarqaldi. Sud uni aybdor deb topib, 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinladi.
Vashingtondagi sud Donald Trampning Xalqaro taraqqiyot agentligi xodimlarini chaqirib olish va ularni maʼmuriy taʼtilga chiqarish toʻgʻrisidagi qarorini vaqtincha blokladi.
Gamburg yer sudi Germaniyaning Tagesspiyegel gazetasiga USM xoldingi asoschisi Alisher Usmonov haqida bir qator yolgʻon daʼvolarni tarqatishni taqiqladi. Ushbu daʼvolar Yevropa Ittifoqining (YEI) unga qarshi sanksiyalarini asoslash uchun ishlatilgan, shuningdek, ular tufayli Germaniyada milliarderga qarshi tergov boshlangan.
Wired nashrining yozishicha, Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov surishtiruv ishlari choʻzilib ketgani sababli Fransiyada “qotib qolgan.” Fransiya prokuraturasi vakili Maylis de Rek uning ishi kamida bir yildan keyin sudga oshirilishini taʼkidladi.
Noyabr oyi oxirida Doʻsov maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosarini haqorat qilishda aybdor deb topilib, 1 yilga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi. Sud jazo chorasini cheklov oʻrniga ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirdi.
Pokiston sudi sobiq bosh vazir Imron Xonni korrupsiyada ayblanib, 14 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Uning turmush oʻrtogʻi Bushra Bibi ham aybli deb topilib, yetti yilga qamalgan.
Toshkentda sud 78-sonli avtobus konduktoriga voyaga yetmagan yo‘lovchiga nisbatan qilgan tegajog‘ligi uchun besh sutkalik qamoq jazosini tayinladi. U qizga beadab savollar bergan, yuziga tegingan va boshidan o‘pishga uringan.
Advokat Davron Saidovning ma’lum qilishicha, Komil Allamjonovning yetti nafar xodimi ishi bo‘yicha Oliy suddagi shikoyatni ko‘rib chiqish 2025-yil 23-yanvar kuni soat 11:00 ga ko‘chirilgan. U protokol tuzgan uchastka xodimini chaqirishni iltimos qildi. Advokatning so‘zlariga ko‘ra, u himoya ostidagilarga nisbatan bosim va ehtimoliy qiynoqlar baholashni talab qiladi.
Google Chrome brauzerini sotish va AQSH Adliya vazirligi tomonidan talab qilinadigan boshqa sanksiyalardan qochish uchun bir qator imtiyozlarni taklif qildi, chunki kompaniya internet qidiruv bozorini monopollashtirishda aybdor deb topildi.
KG Group qurilish kompaniyasi asoschisi Imamidin Tashov Qirgʻizistonda sud qarori eʼlon qilinganidan keyin oʻz boʻynini kesishga uringan. U hokimiyatni zoʻrlik bilan egallashga urinish, hokimiyatni qoʻlga olishga ommaviy daʼvatlar qilish va davlat chegarasini noqonuniy kesib oʻtishda ayblanmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda avtobusda ketayotgan erkak qiz jemperini yechganidan gʻazablanib, yuziga tupurgani aks etgan video tarqalgandi. Sud uni 10 sutkaga maʼmuriy qamoq jazosiga hukm qildi.
Davlat kadastrlar palatasi Yangihayot tumani filialining sobiq boshligʻi 25 ming dollar pora olgani uchun 12 yil ozodlikdan mahrum etildi.
Oliy sud bloger Farhod Mannopovning o‘limi bilan bog‘liq ish bo‘yicha hukmni e’lon qildi. Star Med Center klinikasining otorinolaringolog shifokori va anesteziolog-reanimatologi xavf ostida qoldirish moddasi bilan oqlandi, ammo o‘z kasbiy vazifalarini lozim darajada bajarmaganligi uchun jalb qilindi.
Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.