Joriy haftaning birinchi yarmida Oʻzbekiston hududi nam va nisbatan sovuq havo massasi taʼsirida boʻladi, deya xabar berdi Oʻzgidromet. Respublika boʻyicha vaqti-vaqti bilan asosan qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi.
13-fevralda markaziy va sharqiy viloyatlarning ayrim joylarida, choʻl hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Qolgan hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi.
14-fevralda koʻpchilik viloyatlarda yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat chekka janubda baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin, togʻ oldi va togʻli hududlarda yomgʻir va qor yogʻadi.
Havo harorati 10−11-fevralda kunduzi 0...+5 daraja, kechasi 0...-5 daraja, shimolda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda −6...−8 darajagacha boʻladi.
12-fevraldan haroratning asta-sekin koʻtarilishi boshlanadi va 13−14-fevralga kelib havo kunduzi +8...+11, janubda +12...+14 darajagacha isiydi.
Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkentda dushanba kuni kechqurun biroz qor yogʻishi mumkin. 11−12-fevralda vaqti-vaqti bilan asosan qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik, 13-fevralda yomgʻir koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi. 14-fevral kuni yogʻingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati kechasi −3...+2, kunduzi 10−11-fevralda 0...+5, 12−14-fevralda +8...+10 gacha asta-sekin koʻtariladi.
Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi.