AQSH prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi urushni 24 soat ichida tugatish haqidagi va’dasini istehzo deb atadi. Oq uy rahbarining so‘zlaridan CNN iqtibos keltirmoqda.
“Xo‘sh, men o‘shanda buni biroz istehzo bilan aytgan edim. Men aslida nimani nazarda tutyapman, bu hal bo‘lishini xohlayman. O‘ylaymanki, men buni uddalayman,” — dedi Amerika yetakchisi.
Uning ta’kidlashicha, hozirda mojaroni hal qilish jarayoni “normal ketmoqda”.
“Xabaringiz bor, biz Ukraina tomonidan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga egamiz. Biz buni Rossiyadan ham olishga harakat qilyapmiz. O‘ylashimcha, hozircha hammasi joyida. Dushanba kuni biroz ko‘proq bilib olamiz va umid qilamanki, bu yaxshi bo‘ladi”, — deya aniqlik kiritdi u.
AQSH prezidenti Donald Trampning fikricha, Yevropa Ittifoqi Amerikani aldash uchun tuzilgan va yevropaliklar bunga muvaffaq bo‘lishgan.