Shavkat Mirziyoyev AQSH prezidenti Donald Trampga mamlakatning markaziy va janubiy shtatlarida ro‘y bergan tornado oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jabrlangani, katta talafotlar ko‘rilgani munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi.
Prezident halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va dalda so‘zlarini izhor etdi, jarohatlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi. AQShga yopirilgan bo‘ron oqibatida 30 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Tabiiy ofat qurbonlari Alabama, Arkanzas, Missuri, Kanzas, Missisipi, Oklaxoma va Texas shtatlari aholisi bo‘ldi.
Tornado, chang bo‘ronlari va 100 dan ortiq o‘rmon yong‘inlari o‘choqlarini keltirib chiqargan tabiiy ofat 100 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladigan hududga ta’sir ko‘rsatdi.