
Nazarbekov Qirgʻiziston xalq artisti unvoniga sazovor boʻldi
Qirgʻiziston prezidenti Oʻzbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga “Qirgʻiziston Respublikasi xalq artisti” unvonini topshirdi.
Qirgʻiziston prezidenti Oʻzbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga “Qirgʻiziston Respublikasi xalq artisti” unvonini topshirdi.
Bishkekda sobiq prokuror ommaviy tartibsizliklarni tayyorlashda, hokimiyatni zoʻravonlik yoʻli bilan egallab olishda va uyushgan guruh tuzishda ayblanmoqda. Tergov maʼlumotlariga koʻra, u va boshqa ayblanuvchilar mahalliy kengashlarga saylovlardan foydalanib, mamlakatdagi vaziyatni beqarorlashtirmoqchi boʻlgan.
Yevroosiyo taraqqiyot banki (YTTB) Markaziy Osiyo mamlakatlarining 2025-2027-yillarga moʻljallangan iqtisodiy rivojlanish istiqbolini baholadi.
Qirgʻizistonning Jalolobod viloyatida temir yoʻl qurilishi uchun 44,29 gektar yer ajratildi. Xitoy — Qirgʻiziston — Oʻzbekiston loyihasini amalga oshirish maqsadida Qirgʻiziston bosh vaziri Aqilbek Japarov tegishli qarorni imzoladi.
Kanadaning HelloSafe tahliliy-moliyaviy platformasi reytingiga koʻra, Oʻzbekiston farovonlik boʻyicha dunyoda 86-oʻrinni egalladi. Markaziy Osiyoda faqat Qozogʻiston “yaxshiroq” yashaydi, u ham Rossiya, Belarus, Xitoy va Turkiyani ortda qoldirdi.
Qirgʻizistonning Norin shahrida Wi-Fi jamoat joylarini toʻliq qamrab oldi. Loyiha Markaziy Osiyo universiteti, “Skay Mobil”, “Skaynet Telekom” kompaniyalari va Norin shahri meriyasi hamkorligida, prezidentning Norin viloyatidagi vakolatli vakili koʻmagida amalga oshirildi.
Qirgʻizistonda Davlat soliq xizmati rahbari Oltinbek Abduvapov va uning oʻrinbosari elektron tovar-transport yukxatlaridan foydalanish bilan bogʻliq firibgarlik harakatlariga aloqadorlikda ayblanib, hibsga olingan.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarovga qoʻngʻiroq qilib, uni tugʻilgan kuni bilan tabrikladi. Japarov 56 yoshga toʻldi.
Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi raisi Qamchibek Tashiyev deputatlarga yangi choralar kelgusi yil 1-yanvardan kuchga kirishi uchun korrupsiyaga qarshi qonun hujjatlariga kiritilgan tuzatishlarni zudlik bilan koʻrib chiqishni taklif qildi. “Hazillashib aytishim mumkinki, korrupsionerlarda 31-dekabrgacha pora olish uchun vaqt bor”, — dedi u.
Qozogʻiston va Qirgʻiziston 280 km uzunlikdagi “Olmaota — Uzinagʻash — Kastek — Mixaylovka — Choʻlpon-Ota” yoʻlini qurishga kelishib oldi.
Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.