AQSH Suriyaga qarshi sanksiyalarni yumshatadi

Dunyo

Amerika hukumati Suriyaga insonparvarlik yuklarini yetkazib berish bo‘yicha sanksiyalarni olti oyga yumshatmoqchi. Suv va elektr ta’minoti xizmatlarini ko‘rsatuvchi insonparvarlik yordami yetkazib beruvchilar yukni topshirish uchun Vashingtondan ruxsat olish zaruratidan ozod qilinadi.

Amerika hukumati Suriyaga insonparvarlik yuklarini yetkazib berish bo‘yicha sanksiyalarni olti oyga yumshatmoqchi, deb yozadi Wall Street Journal.

Suv va elektr ta’minoti xizmatlarini ko‘rsatuvchi insonparvarlik yordami yetkazib beruvchilar yukni topshirish uchun Vashingtondan ruxsat olish zaruratidan ozod qilinadi.

Shu bilan birga, AQSH Suriyaga nisbatan joriy etilgan barcha cheklovlarni bekor qilishni rejalashtirmayapti. Vashington Damashqning ayollar va milliy ozchiliklar huquqlari to‘g‘risidagi va’dalariga rioya qilish kafolatini olish niyatida.

Prezident Bashar Asad mamlakatni tark etgach, hokimiyatni "Hayot Tahrir ash-Sham" guruhi egalladi. Bu tashkilot Buyuk Britaniya, AQSH, Rossiya, Turkiya va boshqa davlatlarning terroristik hokimiyati sifatida tan olingan.

Eslatib o‘tamiz, “Hayot Tahrir ash-Sham” rahbari Abu Muhammad al-Juloniy o‘z faoliyatini “Al-Qoida” terrorchilik tashkiloti tuzilmalarida boshlagan.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.