HAMAS Gʻazo sektorini Falastin hukumatiga topshirishga tayyor

Dunyo

HAMAS harakati Gʻazo sektorini boshqarishni Falastin milliy maʼmuriyatiga topshirishga tayyorligini bildirdi. Guruh bu qarorga “Misr hukumati tomonidan kuchli bosim ostida” kelgan.

HAMAS harakati Gʻazo sektori boshqaruvini Falastin milliy maʼmuriyatiga topshirishga tayyorligini bildirdi, deb xabar bermoqda Sky News Arabia telekanali oʻz manbasiga tayanib.

“HAMAS harakati Ozodlik Tashkiloti (Falastin, FOT. — tahr.) Gʻazo sektorini boshqarishni Falastin hukumati va hukumat komissiyasiga oʻtkazsin”, — deyiladi telekanal xabarida.

Manbaga koʻra, HAMAS hokimiyatni Falastin milliy maʼmuriyatiga topshirish shartini ilgari surgan. Uning mohiyati yangi maʼmuriyatda xodimlar uchun ish oʻrinlarini saqlab qolish yoki ularni ish haqini saqlab qolish kafolati bilan pensiyaga joʻnatishdir.

Avvalroq Isroil bosh vaziri Falastinning HAMAS harakati garovga olinganlarning barchasini ozod qilmasa, Gʻazo sektorida jangovar harakatlarni davom ettirishini maʼlum qilgani xabar qilingandi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.