O‘zbekiston

Obro‘ga putur yetishi: Bokschi Shahram Gʻiyosov ayiqni masxara qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori Shahram Gʻiyosov go‘yoki ayiq bilan jang qilayotgani, uni turli tomonlarga uloqtirib, tepayotgani aks etgan video jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘ldi. Bunday tahqirlashga Buka Gym sport zali ma’muriyati yo‘l qo‘ygan. Sportchi haligacha sodir bo‘lgan voqea uchun uzr so‘ramagan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Allamjonovga suiqasdda “chechen izi” bor degan nazariyani tasdiqladi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Checheniston fuqarolari Bislan Rasayev va Shamil Temirxonov haqiqatan ham Komil Allamjonovga suiqasd ishi bo‘yicha Interpol tomonidan qidiruvga berilganini tasdiqlagan xabar bilan chiqdi. Bir kun avval Ramzan Qodirov bu ma’lumotni “g‘arbparast OAV mish-mishlari” deb atagan, shuningdek, o‘zi Allamjonov va ILMA rahbari Dmitriy Liga tahdid qilgan edi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.