O‘zbekiston

MB firibgarlik qoʻngʻiroqlari va soxta akkauntlardan ogohlantirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda telefon orqali oʻzini Markaziy bank xodimi deb tanishtirgan firibgarlar fuqarolardan shaxsiy maʼlumotlarni olishga urinayotgani haqida xabar tarqaldi. Markaziy bank respublika aholisiga kredit bermasligi va moliyaviy xizmatlar koʻrsatmasligini eslatib oʻtdi.

Jo Bayden oʻgʻlini afv etdi

AQSH prezidenti Jo Bayden bir nechta jinoiy ishda aybdor deb topilgan oʻgʻli Xanter Baydenni afv etdi. Sentyabr oyida Baydenning oʻzi ham, uning matbuot kotibi ham oʻgʻlini afv etish toʻgʻrisida farmon chiqarmasligini taʼkidlagan edi.

Aleksey Pivovarov va Hook.report jurnalisti Nukusda qoʻlga olindi

Rossiyalik bloger va jurnalist Aleksey Pivovarov, uning suratga olish guruhi va Hook.report jurnalisti Farida Masxetova Nukusda qoʻlga olinib, IIBB binosida saqlanmoqda. Nashr maʼlumotiga koʻra, “suhbatga chaqirilish”ga fuqarolardan birining bildirgisi sabab boʻlgan, biroq tergovchi arizani koʻrsatish va savollarga javob berishdan bosh tortgan.

Oʻzbekistonning oʻnlab fuqarolari BAAda ushlab turilibdi

Abu-Dabi aeroportida Oʻzbekistonning 31 nafar fuqarosi ushlab turildi. Ularning barchasi Toshkentdan Wizz Air aviakompaniyasining reysida kelgan. Elchixona yuzaga kelgan vaziyatni hal etish uchun barcha choralar koʻrilayotganini taʼkidladi.

Avtobus yoʻlagiga chiqqanlarga 5 barobar koʻp jarima solinadi

Qonunchilik palatasida avtobus yoʻlagiga chiqish uchun jarimalar bilan bogʻliq yangi qonun loyihasi koʻrib chiqilmoqda. Birinchi qoidabuzarlik uchun jarima miqdori BHMning uch barobariga, bir yil ichida takroran sodir etilsa, besh barobariga tenglashtiriladigan boʻladi.

Shveysariya banki Gulnora Karimova ishi boʻyicha pul yuvishda ayblanmoqda

Shveysariyadagi Lombard Odier banki Oʻzbekiston birinchi prezidentining qizi, hozirda manzil-koloniyada jazoni oʻtayotgan Gulnora Karimova pullarini yuvishda ayblanmoqda. “Взгляд.uz” nashri maʼlumotlariga koʻra, Karimova ushbu xususiy bankda turli hisob raqamlarida 550 mln dollardan ortiq mablagʻ saqlagan.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.