Turkiyada portlovchi moddalar ishlab chiqaradigan zavodda kuchli portlash sodir bo‘ldi: 12 kishi halok bo‘ldi

Dunyo

Balikesir viloyatidagi o‘q-dorilar ishlab chiqaradigan zavodda portlash sodir bo‘lib, 12 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Yana uch kishi jarohat olgan, korxonaning bir qismi vayron bo‘lgan. Mahalliy hokimiyat sabotaj versiyasini istisno qilmoqda, hodisa sabablari polisiya tomonidan aniqlanmoqda.

Turkiyaning shimoli-g‘arbiy qismidagi Balikesir viloyatida portlovchi moddalar ishlab chiqaradigan zavodda portlash sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, yana uch kishi yaralandi, deb xabar berdi Haber Turk.

Viloyat gubernatorining so‘zlariga ko‘ra, sabotaj versiyasi chiqarib tashlangan. Portlash 2014-yildan beri yengil qurollar uchun o‘q-dorilar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonaning bir qismini vayron qildi.

Hodisa sabablarini surishtirishda davom etmoqda. Turkiya prokuraturasi hodisaning sabablarini o‘rganmoqda. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, portlash uskunalarning nosozligi yoki texnologik jarayonlarning buzilishi tufayli sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Diversiya ehtimoli kam deb hisoblanadi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.