Yaponiya 2024-yilda harbiy byudjetini rekord darajada oshirdi. Hukumat bu qarorni Xitoy va Rossiya tomonidan kuchayib borayotgan tahdid tufayli qabul qildi.
Kyodo News xabariga ko‘ra, Yaponiya 2024-yilda mudofaa uchun rekord darajadagi 56 milliard dollar sarflaydi. Bu 2023-yilga nisbatan 16,5% ga ko‘p. Bu qaror mamlakat mudofaa pozisiyasini modernizatsiya qilish bo‘yicha besh yillik reja doirasida qabul qilindi. Mamlakat Xitoy va Rossiyaning harbiy qudratini oshirishi va uning xavfsizligiga tahdid solishi mumkinligidan xavotirda.
2024-yil uchun Yaponiya byudjetida dushman hududidagi nishonlarga zarba berish uchun yangi imkoniyatlarni ishlab chiqish uchun mablag‘lar ko‘zda tutilgan.
Yaponiya nimalarni rejalashtirmoqda
“yer-kema” toifasidagi Type-12 boshqariladigan raketaning 1000 kilometrgacha masofani bosib o‘tishga mo‘ljallangan modernizatsiya qilingan versiyasi;
gipertovushli raketalarni ishlab chiqish va ishlab chiqarishga 80 milliard iyena (56 million dollar) dan ortiq mablag‘ sarflash;
taxminan 32,3 milliard iyena (224 million dollar) yangi yuqori aniqlikdagi “yer-kema” va “yer-yer” sinfidagi raketalarni ishlab chiqishga sarflanadi.
“Tomagavk” qanotli raketalarini olib yurishlari uchun dengiz o‘zini o‘zi himoya qilish kuchlarining esmineslarini modernizatsiya qilish. Ushbu maqsadlar uchun 200 mln iyenaga yaqin mablag‘ ajratiladi;
2025-moliya yilida 1600 km masofani bosib o‘tadigan 400 ta “Tomagavk”ni AQSHdan sotib olish;
2027 va 2028-moliyaviy yillarda foydalanishga topshirilishi kutilayotgan ikkita qo‘shimcha Ayegis esminesini qurish uchun 373,1 milliard iyen;
gipertovushli qurollarni tutib qoluvchi yangi turdagi raketalarni ishlab chiqish uchun 75,7 milliard iyen ajratildi;
xodimlarni va transport uskunalarini tezda jo‘natish imkoniyatlarini kengaytirish, shu jumladan uchta desant kemasini sotib olish uchun 565,3 mlrd iyen;
kelgusi moliya yilida 174 milliard iyen sarflanadigan, uzoq masofaga uchuvchi raketalar, yaxshilangan qayiqqa qarshi va boshqa imkoniyatlar bilan jihozlangan yangi turdagi ikkita fregat qurish uchun.
2035-yilga qadar Buyuk Britaniya va Italiya bilan keyingi avlod qiruvchi samolyotlarini birgalikda ishlab chiqish rejasi doirasida 64 milliard iyen ajratildi;
O‘tkir mudofaa texnologiyalarini tadqiq qilish uchun 822,5 milliard iyen. Ushbu mablag‘lar Yaponiya qurolli kuchlari uchun yangi texnologiyalarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan yangi tadqiqot institutini tashkil etish uchun ishlatiladi