Mavzuga oid materiallar: Президент

Prezident oliy taʼlim va ilm-fan sohasidagi ustuvor vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi

O‘zbekiston

Shavkat Mirziyoyev 22-yanvar kuni oliy taʼlim va ilm-fan sohasidagi ustuvor vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi. 2024-yil 20-iyun kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida davlat rahbari har bir hududda texnika oliygohi va ilgʻor muhandislik maktablari tashkil qilish vazifasini qoʻygandi. Hozirga qadar Termiz, Andijon va Qarshi shaharlarida texnika universitetlari, 8 ta muhandislik maktabi ochilgan.

Prezident Sirdaryo viloyati hokimini ishdan oldi

O‘zbekiston

Prezident Sirdaryo viloyati rahbarini hududga investitsiyalarni jalb etish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va boshqa faoliyat yo‘nalishlarida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun ishdan oldi. 16 ta tuman hokimi hayfsan oldi.

Shavkat Mirziyoyevning Abu-Dabidagi nutqi

O‘zbekiston

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-yanvar kuni “Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi” sammitida nutq soʻzladi. Davlat rahbari oʻz nutqida bugungi kunda energiya manbalarini diversifikatsiya qilish va ulardagi uglevodorodlar ulushini keskin kamaytirish iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish, barqaror taraqqiyot va global xavfsizlikni taʼminlashning asosiy sharti ekanini taʼkidladi.

Jozef Aun Livan prezidenti etib saylandi

Dunyo

Ovoz berishning ikkinchi bosqichi natijasida Livan parlamenti armiya qo‘mondoni Jozef Aun nomzodini prezident lavozimiga tasdiqladi. Uni 128 deputatdan 99 nafari yoqlab ovoz berdi, bu ovozlarning eng kam miqdoridan ancha ko‘pdir.

Oliy maʼlumotsiz kamtarin sobiq futbolchi: Gruziya prezidentligiga kim saylandi?

Dunyo

“Kamtarona” karyeraga ega boʻlgan sobiq futbolchi, shuningdek, Gʻarbga qarshi bayonotlar bilan chiqqan “Xalq kuchi” deputatlar guruhining asoschisi — Mixail Kavelashvili Gruziya prezidenti boʻldi. Saylov birinchi marta saylovchilar ishtirokisiz oʻtkazildi. Aynan Kavelashvili va uning hamkorlari mamlakatni Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlish huquqidan amalda mahrum qilgan chet el agentlari toʻgʻrisidagi shov-shuvli qonun loyihasini ilgari surishgan.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.