O‘zbekiston

Prezident yangi elektropoyezdda Toshkent–Xoʻjakent yoʻnalishini kesib oʻtdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent–Xoʻjakent yoʻnalishi boʻyicha yangi elektropoyezdni koʻzdan kechirdi. Safar chogʻida davlat rahbari temir yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish, yoʻlovchilar uchun sharoitlarni yaxshilash, yoʻl boʻyidagi hududlarni obodonlashtirish boʻyicha hisobotlarni tingladi.

Makron Fransiya hukumati isteʼfosini qabul qildi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bosh vazir Mishel Barnening isteʼfoga chiqish haqidagi iltimosini qabul qildi. Qisqa vaqt ichida davlat rahbari yangi bosh vazirni tayinlaydi va yangi hukumat tuziladi.

Samsung 800 nafar oʻzbekistonlikni ishga oladi

Kelgusi yilda Oʻzbekistondan 800 nafargacha malakali mutaxassis Janubiy Koreyaning “Samsung Heavy Industries” korxonalarida taʼlim olib, ish bilan taʼminlanadi. Mutaxassislarga uch yillik E-7 ish vizasi beriladi.

2025-yilda BYD elektromobillari narxi pasayishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev avtomobilsozlik sohasidagi ustuvor vazifalar haqidagi taqdimot bilan tanishdi. 2025-yilda BYD elektromobillari uchun 60 ta detal ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish ularning tannarxini pasaytirish imkonini berishi taʼkidlandi.

“Taxtaqoracha” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopiladi

Soat 09:00 dan boshlab Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bogʻlovchi dovonda favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida oʻquv mashgʻulotlari oʻtkaziladi. Mashgʻulotlar davomida yirik toshlarni tashlash ishlari bajariladi, shu munosabat bilan dovon vaqtincha harakat uchun yopiladi.

Xitoyda “Oʻzbekiston turizm yili” boshlandi

3-dekabr kuni Pekinda “Xitoyda Oʻzbekiston turizm yili”ning rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Bir necha kun avval mamlakatlar 30 kunlik vizasiz rejim joriy etish toʻgʻrisidagi bitimni imzolagandi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.