O‘zbekiston

Toshkent aeroportida royal paydo boʻldi

Toshkent xalqaro aeroportining uchish zalida royal oʻrnatildi. Musiqiy asbobni tegishli koʻnikmalarga ega boʻlgan barcha xohlovchilar chalishi mumkin. Jonli musiqa koʻngilxushlik va parvozdan oldingi stressdan xalos boʻlish usuliga aylanadi, deya taʼkidladi Uzbekistan Airports.

Toshkentda 35 metrlik yangi yil archasi oʻrnatildi

Toshkentda Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi oldidagi maydonda yangi yil archasi oʻrnatildi. Archaning balandligi 33 m. U 33 mingta oʻyinchoq va umumiy uzunligi 14 ming metr boʻlgan 3500 ta archa chiroqlari bilan bezatilgan.

UzSAT SES bilan hamkorlikda O3b mPower 7 va 8 sunʼiy yoʻldoshlarini uchirishda ishtirok etmoqda

UzSAT SES bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda va sunʼiy yoʻldosh aloqasining ilgʻor texnologiyalarini joriy etmoqda. Oʻzbekiston O3b mPower tizimi uskunalarini sinovdan oʻtkazgan birinchi davlatlardan biri boʻldi. VSAT infratuzilmasining qurilishi internet va raqamli xizmatlardan foydalanishni kengaytiradi. Qoʻshma loyihalar oʻzbek telekanallarining xalqaro auditoriyaga uzatilishini taʼminlaydi.

Toshkentda pulli avtoturargohlarni tashkil etish huquqi uchun auksion yakunlandi

Toshkentda pulli avtoturargohlarni tashkil etish huquqi uchun oʻtkazilgan takroriy auksion 62,93 mlrd soʻm taklif qilgan Streetpark Systems kompaniyasining gʻalabasi bilan yakunlandi. Gʻolib 2025-yil avgustiga qadar 13,2 mingta avtoturargoh yaratish va ularni jihozlash uchun kamida 5 million dollar sarmoya kiritishi kerak.

Rossiyada Oʻzbekiston fuqarosi generalni oʻldirishda gumonlanib hibsga olindi

Rossiyada Rossiya Qurolli Kuchlarining radiatsion, kimyoviy va biologik himoya qoʻshinlari boshligʻi Igor Kirillov va uning yordamchisini oʻldirishda gumon qilingan Oʻzbekiston fuqarosi qoʻlga olindi. Unga 100 ming dollar mukofot va yashash uchun Yevropa mamlakatlaridan biriga borish vaʼda qilingan.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.