Dunyo

Wired: Pavel Durov Fransiyada qolib ketdi

Wired nashrining yozishicha, Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov surishtiruv ishlari choʻzilib ketgani sababli Fransiyada “qotib qolgan.” Fransiya prokuraturasi vakili Maylis de Rek uning ishi kamida bir yildan keyin sudga oshirilishini taʼkidladi.

Ozarbayjonda Rossotrudnichestvo filiali yopilmoqda

Ozarbayjon Rossiya tomonini xabardor qilgan holda Rossotrudnichestvo filialini yopish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Mamlakat rasmiylari bu qadamni tashqi yordamdan voz kechish va tashkilot faoliyatining shaffof emasligi bilan izohlamoqda. Avvalroq Ozarbayjonda ham shunga oʻxshash sabablarga koʻra AQSHning USAID agentligi faoliyati toʻxtatilgan edi.

Bitkoin yaratuvchisining hisobida qancha pul bor?

Bitkoin yaratuvchisi Satoshi Nakamotoning hamyonida 108 mlrd dollarlik kriptovalyuta bor, biroq u 16 yildan beri faol emas. Dolzarb kurs boʻyicha bu Ilon Maskning boyligidan toʻrt baravar kam. Ushbu taxallus ortida kim turganini aniqlashga qaratilgan koʻplab urinishlarga qaramay, Nakamotoning shaxsi hali ham oshkor etilmagan.

Tramp transgenderlarga ayollar sportida qatnashishni taqiqladi

5-fevral kuni Tramp transgenderlarning ayollar sportida ishtirok etishini taqiqlovchi farmonni imzoladi. Boshqa narsalar qatorida, farmonga koʻra, Adliya vazirligi ularga qizlar oʻrtasidagi maktab sport musobaqalariga kirishni taqiqlashi kerak.

WSJ: Nissan va Honda birlashuvi barbod boʻlish xavfi ostida

2024-yil dekabr oyida Nissan va Honda avtomobil ishlab chiqaruvchilari kompaniyalarning birlashuvini eʼlon qilgan edi. The Wall Street Journal xabariga koʻra, Nissan direktorlar kengashi shartlarni rad etish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Rossiyada noqonuniy muhojirlarni chiqarib yuborishning yangi tartibi kuchga kirdi

Rossiyada 5-fevraldan boshlab mamlakatda noqonuniy boʻlib turgan xorijliklar maxsus reyestrga kiritiladi va bir qator huquqlardan, jumladan, yashash joyini oʻzgartirish va bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatidan mahrum qilinadi. Agar takroran qoidabuzarlik sodir etilsa, ular deportatsiya qilinishi va IIV maxsus muassasasiga joylashtirilishi mumkin.

Germaniyada Alisher Usmonov yashagan villa sotuvga qoʻyildi

Germaniya hukumati ilgari Alisher Usmonov yashagan Tegernzee koʻli sohilidagi hashamatli villani sotuvga qoʻydi. Mulk bankrot boʻlgan offshor kompaniyaga tegishli boʻlgan va endi koʻchmas mulk qarzlarini qoplash uchun sotiladi.

Abduqodir Husanov “Manchester Siti”ning Chempionlar ligasi pley-off bosqichi uchun qaydnomaga kiritildi

Abduqodir Husanov Yevropaning asosiy klublar turnirida oʻzini koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻldi. “Manchester Siti” oʻzbekistonlik himoyachini Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga kiritdi. Fevral oyida jamoa keyingi bosqichga chiqish uchun kurashda “Real Madrid” bilan toʻqnash keladi. Avvalroq Husanov APLdagi debyutini “Chelsi”ga qarshi oʻtkazib, sariq kartochka olgandi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.