Mavzuga oid materiallar: Xitoy

Bir guruh odamlar Toshkent boʻylab Xitoy bayroqlari bilan yurishdi: rasmiylar nima boʻlayotganini tushunmadi

O‘zbekiston

15-fevral, shanba kuni Toshkentning Chilonzor tumanidagi istirohat bogʻlaridan birida koʻpchilikning eʼtiborini tortgan voqea sodir boʻldi. Bir necha oʻnlab Xitoy fuqarolari bogʻga “Biz kuchlimiz” deb yozilgan bayroqlar va transparantlar bilan kelishdi. Guvohlardan olingan maʼlumotlarga koʻra, odatda ushbu hududda xavfsizlikni taʼminlaydigan Milliy gvardiyaga tadbir haqida xabar berilmagan. Shuningdek, sodir boʻlayotgan voqealardan na Toshkent shahar hokimligi, na IIBB xabardor boʻlmagan.

Tramp Xitoy, Kanada va Meksikadan importga boj joriy qildi

Dunyo

AQSH prezidenti Donald Tramp Kanada va Meksikadan import qilinadigan tovarlarga 25 foizlik, Xitoydan import qilinadigan tovarlarga 10 foizlik boj joriy etilishini eʼlon qildi. Bojlarning joriy etilishi ushbu mamlakatlarni noqonuniy immigratsiyani toʻxtatish boʻyicha bergan vaʼdalarini bajarishga majbur qilish zarurati bilan izohlanadi.

Xitoy Pekin yaqinida eng yirik harbiy kompleks qurmoqda

Dunyo

Xitoyda poytaxtdan 30 kilometr uzoqlikda maydoni Pentagondan oʻn baravar katta obyekt qurilmoqda. AQSH razvedkasi maʼlumotlariga koʻra, majmua Xitoyning yuqori rahbariyatini himoya qilish uchun moʻljallangan va XXOA qoʻmondonligi uchun bunkerlarni oʻz ichiga oladi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.